
11-iyul kuni tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal etish maqsadida maxsus ekspert kengashi tuzildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur kengash Savdo-sanoat palatasi huzurida faoliyat yuritadi va soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda soliq, iqtisodiyot, moliya hamda huquq sohalaridagi mutaxassislardan iborat bo‘ladi. Kengash oyiga kamida ikki marta yig‘ilish o‘tkazadi.
Tadbirkorlarning murojaatlari asosida berilgan ekspert xulosalari soliq va boshqa tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi va bu haqda tadbirkorlar xabardor qilinadi. Bu yangilik nizolarni tezkor va adolatli hal etishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fermеrlar uchun qo‘shimcha jarima va soliqqa tortish tartibi joriy etilishi mumkin.