Fond bozori: o‘tgan hafta «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyalari eng yuqori o‘sishga erishdi

eʼlon qilindi
Shuningdek, «Trastbank» va «Hamkorbank» aksiyalarida ham yuqori o‘sish qayd etildi
Fond bozori: o‘tgan hafta «BRB» aksiyalari eng yuqori o‘sishga erishdi. Foto: depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 4-iyuldan 11-iyulgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,2 foizga oshdi.

«Biznesni rivojlantirish banki» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 10,68 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Trastbank» (+6,65%), «Hamkorbank» (+6,34%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Biokimyo» aksiyalari 7,72 foiziga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «Ipoteka-bank» (-6,90%), «Qizilqumsement» (-5,79%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi.

Faqat «Chilonzor buyum savdo kompleksi» va «Olmaliq KMK» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 15 tasi haftani ijobiy, ikkitasi o‘zgarishsiz, qolgan oltitasi salbiy natija bilan yakunladi.

Avvalroq «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da aksiyalarning aksariyati 30-iyundan 4-iyulgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,8 foizga yuqorilagandi.

Ushbu davrda «O‘zbektelekom» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 6,35 foizga qimmatlashgandi. Shuningdek, «Aloqabank» (+4,88%), «O‘zbekgeofizika» (+3,78%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Biroq «Hamkorbank» aksiyalari 5,51 foiziga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. «O‘zRTXB» (-4,76%), «Kvarts» (-4,15%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi.

Shuningdek