«Chelsi» Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 114 million dollar daromad ko‘rdi

14-iyul 2025 14:30 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: AP

«Chelsi» klubi yangi formatdagi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi g‘olibiga aylandi. Bu turnirda jamoa nafaqat sportda, balki moliyaviy jihatdan ham yuksak natijaga erishdi. Klub umumiy hisobda $114 million daromad ko‘rdi.

Musobaqa formatiga ko‘ra, har bir klub ishtirok uchun boshlang‘ich bonusga ega bo‘ldi. Ushbu bonus konfederatsiyalarga qarab farq qildi: Yevropa va Janubiy Amerika klublari eng katta summalarni oldi. Guruh bosqichida «Chelsi»ning har bir g‘alabasi $2 mln dollar, durang natijalari esa $1 mln bilan baholandi.

Pley-off bosqichlarida mukofot pullari bosqichga qarab oshib bordi:

  • 1/8 final bosqichiga chiqqani uchun – 7,5 mln;
  • 1/4 final – 13,125 mln;
  • Yarimfinal – 21 mln;
  • Finalda ishtirok – 30 mln;
  • Finaldagi g‘alaba uchun qo‘shimcha – 10 mln;

Shunday qilib, «Chelsi» barcha bosqichlarda muvaffaqiyatli qatnashib, maksimal darajada daromad oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Chelsi» – yangi formatdagi Klublar oʻrtasida jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek