Buxoroda zilzila sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
4 ball

Bugun, 14-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:55:16 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, zilzilaning episentri Toshkentdan 532 km janubiy-g’arbda bo‘lib, sezilish kuchi 4 ballni tashkil etdi.
Zilzilaning magnitudasi 4,2 ni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 15 km edi. Episentri Buxoro viloyati Jondor tumani bo‘ldi.
Zilzila quyidagi uchta tumanda sezildi:
- Peshku tumanida 2-3 ball, 39 km;
- Gazli tumanida 2 ball, 51 km;
- Qorako‘l tumanida 2 ball, 73 km.
Episentrning aniq koordinatalari: 40,42 N, 62,99 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.