Tojikiston Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li loyihasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim Xitoy transport vaziri Lyu Vey bilan ushbu masalani muhokama qilgan
Tojikiston Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li loyihasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Foto: Dominik Berger / Unsplash

Tojikiston Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li loyihasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim Xitoy transport vaziri Lyu Vey bilan Xitoyning Tyanszin shahrida ShHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi doirasida uchrashgan. Unda respublikaning Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasiga qo‘shilish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

«Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining Xitoy – Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa multimodal koridorini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish masalasi hamda Tojikiston Respublikasining Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasiga qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqildi», deyiladi xabarda.

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l magistrali loyihasi bu mamlakatlar temir yo‘llarini Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali Yevropa temir yo‘l tarmog‘iga ulashni maqsad qilgan va Yangi Ipak yo‘li transport tizimiga kiritiladi.

Avvalroq Qirg‘iziston Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurilishini boshlagani haqida yozgandik.

Loyihaning umumiy qiymati $4,2 mlrdni tashkil qiladi. Qurilish ishlari 2030-yilga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek