«CitiBank AS» vakolatxonasi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi
eʼlon qilindi
Chakana, korporativ va investitsion bank xizmatlari bilan shug‘ullanadi

Markaziy bank tomonidan «CitiBank AS» vakolatxonasi rasmiy ravishda akkreditatsiya qilindi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu vakolatxona davlat idoralari va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, «CitiBank AS» – «CitiBank» (AQSh)ning Turkiyadagi shuba banki hisoblanadi.
«CitiBank» esa jahonning yetakchi moliyaviy tashkilotlaridan biri bo‘lib, 180 dan ortiq mamlakatda chakana, korporativ va investitsion bank xizmatlari hamda aktivlarni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston BRIKSning Yangi taraqqiyot bankiga qo‘shilgani haqida yozgandi.