Starship’ning o‘ninchi parvozi uch haftadan so‘ng amalga oshiriladi

Ilon Mask SpaceX kompaniyasining Starship raketasi bo‘yicha o‘ninchi orbital parvozi yaqin uch haftada amalga oshirilishini bildirdi. Bu haqda Dima Zeniuk X sahifasida ma’lum qildi.
Dastlab iyun oyiga rejalashtirilgan parvoz sinov maydonchasidagi portlash sababli kechiktirilgan edi.

18-iyun kuni Starship prototipi Texasdagi Starbase poligonida texnik nosozlik tufayli portlab ketdi. Hodisadan so‘ng xavfsizlik tekshiruvlari kuchaytirilib, tayyorgarlik ishlari davom ettirildi.
Ma’lumot uchun, Starship SpaceX’ning sayyoralararo parvozlar uchun mo‘ljallangan eng yirik raketasi bo‘lib, u kelajakdagi kosmik tashuvlarda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX Grok chat-boti ishlab chiquvchisiga $2 milliard sarmoya kiritishi haqida yozgan edik.