Chilonzordagi «O‘zbekfilm» yaqinida kuchli yong‘in yuz berdi – video

eʼlon qilindi
Ochiq maydonda
Foto: Videodan olindi

Chilonzor tumanida bugun soat 14:17 da «O‘zbekfilm» yaqinidagi ochiq maydonda yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chilonzor ko‘chasida quruq o‘tlar va eski avtomobil shinalari yonib ketgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB)ga xabar berilgan.

Yong‘in-qutqaruv brigadalari hodisa joyiga soat 14:25 da yetib bordi. Yong‘in soat 14:52 da qurshab olinib, to‘liq nazorat ostiga olindi. Yong‘inni to‘liq o‘chirish ishlari 15:06 da yakunlandi.

Boshqarma xabar berishicha, voqea oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yunusobod tumanidagi ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek