Geely Zeekr’ning 2,4 milliard dollarlik aksiyalarini sotib oladi

eʼlon qilindi
Bitim 2025-yilning to‘rtinchi choragida yakunlanishi kutilmoqda
Zeekr
Geely Zeekr’ning 2,4 milliard dollarlik aksiyalarini sotib oldi. Foto: Mirroni / depositphotos.com

Xitoyning Geely Automobile Holdings kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqaruvchi Zeekr Intelligent Technology Holding Ltd. kompaniyasining $2,4 milliardlik aksiyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Bitim doirasida Zeekr aksiyadorlariga ikki variant taklif qilinmoqda: o‘z aksiyalarini sotish yoki ularni Geely aksiyalariga almashtirish. Taklif narxi 1 dona Zeekr aksiyasi uchun $2,687, 1 dona ADS (Amerika depozitariy aksiyasi) uchun esa $26,87 bo‘lib, bu 6-maydagi birja yopilish narxidan qariyb 19 foiz yuqori.

Muqobil variant sifatida aksiyadorlar har bir Zeekr aksiyasiga 1,23 dona Geely aksiyasini, har bir ADS uchun esa 12,3 dona Geely aksiyasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Zeekr’ning kuzatuv kengashi bitimni ma’qullagan va barcha aksiyadorlarga uni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qilgan. Bitim 2025-yilning to‘rtinchi choragida yakunlanishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Zeekr aksiyalari Nyu-York fond birjasi ro‘yxatidan chiqariladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1381 ot kuchiga ega Zeekr 9X qachon savdoga chiqishi ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek, Geely 14 ming dollarlik Galaxy A7 elektromobilini 11-iyuldan sotuvga qo‘yishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek