Navoiyda 803 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi

eʼlon qilindi
Toshni qayta ishlash sexi elektrdan noqonuniy foydalangan
Navoiyda 803 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi. Foto: «O‘zenergoinspeksiya»

Navoiy viloyatida 803 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.

Unga ko‘ra, viloyatning Nurota tumanida joylashgan «J.M.» MCHJga qarashli sex hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu sex toshni qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 803,2 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq iyun oyi davomida 136 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani haqida yozgandik.

Xabarga ko‘ra, iyun oyida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 234 ta holat aniqlandi.

Shuningdek