Xorazm va Qashqadaryoda noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Valyuta mablag‘larini qonunga xilof ravishda sotib olish va sotish bilan shug‘ullanib kelgan bir nechta shaxslar tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Xorazm viloyatida ikki fuqaro $12 mingni 151,2 mln so‘mga sotib olayotganida, yana ikki nafari $4,7 mingni 48,9 mln so‘mga olayotgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, Hazorasp tumanida $3,7 mingni 43,3 mln so‘mga noqonuniy sotib olayotganlar qo‘lga tushdi.

Qashqadaryo viloyatida esa ilgari sudlangan fuqaro $4 mingni 50,4 mln so‘mga sotib olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda advokat $50 ming pora bilan ushlangan edi.