Xiaomi 15T Pro smartfoni qanday xususiyatlarga ega

17-iyul 2025 13:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 14T pro
Xiaomi 15T Pro smartfoni qanday xususiyatlarga ega / Foto: Android Guys

Xiaomi 15T Pro hali rasman taqdim etilmagan bo‘lsa-da, uning texnik xususiyatlari Geekbench test bazasida paydo bo‘ldi. Smartfon 2506BPN68G raqamli indeksi bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu model bir yadroli testda 1057, ko‘p yadroli testda esa 4009 ball to‘plagan. Ehtimol, bu global Redmi K80 Ultra versiyasi bo‘lishi mumkin. Biroq protsessor arxitekturasi farq qiladi. Qurilmada sakkiz yadroli chip bor: to‘rtta yadro 2,0 Hz, qolganlari esa 2,85 Hz da ishlaydi. Bu ko‘rsatkichlar dimensity 8100 protsessoriga o‘xshaydi.

Smartfonda Android 15 va 12 GB tezkor xotira borligi qayd etilgan. Akkumulyator sig‘imi esa taxminan 5500 mA/soat bo‘ladi. Ilgari aytilganidek, Redmi K80 Ultra’da bu ko‘rsatkich 7410 mA/soat edi.

Shuningdek, 90 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasi bo‘lishi mumkin. AQShdagi FCC bazasida esa 256, 512 va 1024 GB doimiy xotirali versiyalar ko‘rsatilgan. Xiaomi 15T Pro‘ning taqdimoti 2025-yil sentabriga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 Ultra 100 Years of Leica maxsus seriyasini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek