O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi
«Elkart Mobile» va «Unired» ilovalari orqali
Foto: Qirgʻizistonning banklararo protsessing markazi

16-iyul kuni Qirg‘izistonning «Elkart» va O‘zbekistonning Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Qirgʻizistonning banklararo protsessing markazi xabar berdi.

Endi ikki davlat fuqarolari mobil ilovalar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini amalga oshiradi.

Qirg‘izistonliklar uchun bu xizmat «Elkart Mobile» ilovasida mavjud bo‘lsa, o‘zbekistonlik foydalanuvchilar Unired ilovasi orqali pul yuborish imkoniga ega.

«To‘lov tizimlarining birlashuvi — bu faqat texnika emas, bu mintaqaviy hamkorlik falsafasi», — deydi «Elkart» tizimini boshqaruvchi «MPC» rahbari Oltimish Turatbekov.

Avvalroq «Kursiv» nashri aprel oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida pul o‘tkazmalari keskin oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek