Coca-Cola AQShda haqiqiy shakarqamishdan foydalanishga rozi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Prezident Donald Tramp ma’lum qildi
Coca-Cola
Endi Coca-Cola AQShda shakarqamishdan tayyorlanadi / Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Coca-Cola kompaniyasi bilan AQShda haqiqiy shakarqamishdan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tramp Truth Social’da yozishicha, u Coca-Cola vakillari bilan suhbatlashgan va ular AQShda ishlab chiqariladigan ichimliklarda endi real shakarqamishdan foydalanishga rozi bo‘lgan.

Ushbu qadam Tramp ma’muriyatining «Amerikani sog‘lom qilamiz» tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu tashabbus Sog‘liqni saqlash vaziri Robert Kennedi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy harakatga asoslangan.

Hozirda AQShda Coca-Cola makkajo‘xori siropi bilan shirinlantiriladi. Biroq boshqa ayrim davlatlarda kompaniya shakarqamishdan foydalanadi. Kennedi AQShda ortiqcha shakar iste’mol etilishini tanqid qilib keladi. Oq uy va Coca-Cola bu borada izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp Indoneziyaga 19 foizlik boj joriy etishini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek