
Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni 6,89 dyuymli ekran bilan chiqishi mumkin. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Smartfon ekrani Galaxy S25 Ultra’dagi 6,86 dyuymli ekranga nisbatan biroz kattaroq bo‘lishi kutilmoqda. Agar qurilmaning o‘lchamlari o‘zgarmasa, ramkalar atigi 1,15-1,2 mm bo‘ladi. Bu juda yupqa ko‘rinadi.
Shu paytgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra 200 MP asosiy kamera va 5x optik zoomli 50 MP telefoto kameraga ega bo‘ladi. Akkumulyator hajmi avvalgidek 5000 mA·s bo‘lishi, ammo qurilma biroz yupqaroq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung kompaniyasi Galaxy F36 5G smartfonining 19-iyulda taqdim etilishini rasman tasdiqlagani haqida yozgan edi.
Qurilma orqa paneli veganka teridan yasalgan bo‘ladi, qalinligi esa atigi 7,7 mm. Smartfonda 50 MP asosiy kamera optik stabilizatsiya bilan, 8 MP ultra keng burchakli kamera va 2 MP makro sensor bo‘ladi. Old va orqa kameralar 10-bit HDR formatda video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi.