Odil Xamrobekov Eronning «Traktor» klubiga o‘tdi
eʼlon qilindi
Klub 1970-yilda tashkil etilgan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Xamrobekov Eronning amaldagi chempioni – «Traktor» klubiga o‘tdi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.
U faoliyatini endilikda Eron Superligasida davom ettiradi. Bu transfer Xamrobekov uchun xalqaro maydonda yangi bosqich bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, «Traktor» futbol klubi Eronning Tabriz shahrida joylashgan bo‘lib, 1970-yilda tashkil etilgan. Klub 2025-yilda Eron chempionligini qo‘lga kiritib, tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Başakşehir» klubi Abbosbek Fayzullaevni «SSKA» xarid qilgan narxidan 15 barobar qimmatroq baholagan edi.