
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti nufuzli World University Rankings for Innovation 2025 (WURI) reytingida «Talabalarni qo‘llab-quvvatlash va jalb etish» (Student Support and Engagement) yo‘nalishi bo‘yicha 1350 ta universitet orasida 69-o‘rinni egalladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Bu yutuq bilan institut respublikadagi oliy ta’lim muassasalari orasida 2-o‘rinni egallab, innovatsion ta’lim sohasida sezilarli muvaffaqiyatga erishdi.

WURI reytingi dunyo universitetlarining jamiyat va sanoat bilan hamkorlikdagi amaliy yutuqlarini, startaplar, axloqiy qadriyatlar, talabalar harakatchanligi va ijtimoiy javobgarlik sohasidagi innovatsion loyihalarni baholaydi.
«WURI – 2025» reytingida eng yuqori o‘rinlarni Kaliforniya universiteti (AQSH), Putra Malayziya universiteti va Koreya katolik universiteti egallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi universitetlari filiali ochilishi haqida yozgan edik.