Yevropa Eronni ogohlantirdi: Yadro bitimi bo‘yicha sanksiyalar qayta tiklanishi mumkin

eʼlon qilindi
Abbos Aroqchi bu tahdidlarni rad etdi
Yevropa Eronni ogohlantirdi: Yadro bitimi bo‘yicha sanksiyalar qayta tiklanishi mumkin / Foto: Lyod’s list

Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eronga ogohlantirish bilan murojaat qilib, agar yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar zudlik bilan tiklanmasa va avgust oxirigacha aniq natijalar bo‘lmasa, BMT sanksiyalari qayta kuchga kirishini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa bu tahdidlarni rad etdi va AQShni muzokaralarni tark etishda aybladi. Unga ko‘ra, muzokaralar faqat adolatli va muvozanatli shartlar asosida qayta boshlanishi mumkin.

Agar Eron yadro bitimi shartlarini bajarmasa, Yevropa davlatlari BMT sanksiyalarini tiklovchi «snapback» mexanizmini ishga tushirishga tayyor. Ayni paytda esa xalqaro inspektorlar Eronni tark etgan va muzokaralarning tiklanishi noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti sifatsiz yonilg‘i sababli safarini taksida davom ettirgan edi.

Shuningdek