Yangi Audi A5L Huawei avtopiloti bilan jihozlandi

20-iyul 2025 19:12 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Yangi Audi A5L Huawei avtopiloti bilan jihozlandi / Foto: Audi

FAW Audi kompaniyasi Xitoy bozorida yangi Audi A5L modeliga oldindan buyurtmalarni boshladi. Bu haqda ITHome ma’lum qildi.

Foto: Audi

Mashinaning eng yuqori toifali versiyasiga Huawei Qiankun Intelligent Driving – avtonom boshqaruv tizimi o‘rnatilgan.

Foto: Audi

Audi A5L 256,8 mingdan 289,8 ming yuangacha (taxminan $35,8 – 40,4 ming) narxda taklif etilmoqda. Avtomobil 2,0 litrli, 272 ot kuchiga ega dvigatelga ega. G‘ildirak bazasi 2969 mm bo‘lib, bu uni Yevropa modeliga qaraganda uzunroq qiladi.

Foto: Audi

Salon ichida esa uch ekranli Audi MMI tizimi mavjud: haydovchi, yo‘lovchi va markaziy boshqaruv uchun alohida displeylar o‘rnatilgan.

Foto: Audi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Audi A3 avtomobili taqdim etilgan edi.

Shuningdek