Yangi Ford Bronco Sport elektr va gibrid versiyada taqdim etildi

20-iyul 2025 19:46 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Yangi Ford Bronco Sport elektr va gibrid versiyada taqdim etildi / Foto: Ford

Ford kompaniyasi Bronco Sport modelining yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Carcoops ma’lum qildi.

Ushbu yo‘ltanlamas faqat Xitoy bozoriga mo‘ljallangan bo‘lib, ikki xil ko‘rinishda ishlab chiqariladi: to‘liq elektr va gibrid.

Foto: Ford

Gibrid versiyasi 245 ot kuchiga ega bo‘lib, 1220 kmgacha yuradi. Elektr versiyasi esa 275 ot kuchiga ega va bir zaryad bilan 650 km bosib o‘tadi. Ikkala model ham faqat old g‘ildirakdan harakatlanadi, bu esa AQShdagi Bronco’dan farq qiladi.

Yangi Bronco Sport kattaroq o‘lchamga ega: uzunligi 5025 mm, og‘irligi esa 2630 kg gacha yetadi. U 2025-yil oxirida Xitoyda JMC zavodida ishlab chiqariladi va narxi 300–400 ming yuan ($42–56 ming) atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ford 300 mingdan ortiq elektromobillarini eshik muammosi sababli chaqirib olishi haqida yozgan edik.

Shuningdek