Toshkent viloyatida noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari aniqlandi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan bolalarning ota-onalariga nisbatan choralar ko‘rildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ikki nafar ishsiz fuqaro tomonidan noqonuniy diniy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgani fosh bo‘ldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Zangiota tumanida 21 yoshli shaxs 31 nafar bolaga, Toshkent tumanida esa 43 yoshli fuqaro 12 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy saboq bergani aniqlangan.
Mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan gumonlanuvchilarga hamda bolalarning ota-onalariga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qonda «Hizb ut-Tahrir»ning yashirin guruhi fosh etilgan edi.