Nepalda onlayn firibgarlik sababli Telegram’dan foydalanish taqiqlandi

eʼlon qilindi
Onlayn firibgarlik va pul yuvish holatlarining ko‘paygani sababli
Telegram
Nepalda onlayn firibgarlik sababli Telegram taqiqlandi. Foto: Jakub Porzycki/NurPhoto via Getty Images

Nepal Telekommunikatsiyalar boshqarmasi (NTB) mamlakatdagi barcha internet-provayderlarga Telegram ilovasiga kirishni taqiqladi. Ushbu chora onlayn firibgarlik va pul yuvish holatlarining ko‘paygani bilan izohlandi. Bu haqda The Kathmandu Post nashri xabar berdi.

«Telegram ilovasining onlayn firibgarlik va pul yuvishda suiiste’mol qilinayotgani inobatga olinib, barcha xizmat ko‘rsatuvchilarga mazkur platformaga kirishni zudlik bilan cheklash topshirildi», – deyiladi NTB e’lon qilgan bayonotda.

Bu qadam Nepal hukumati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan qabul qilinayotgan ikkinchi yirik taqiq hisoblanadi. Avvalroq 2023-yil noyabr oyida TikTok ilovasi ham jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatgani va zararli kontent tarqatilgani sababli taqiqlangandi.

Mazkur taqiq 2024-yil avgust oyida TikTok’ning egasi ByteDance kompaniyasi hukumat talablariga bo‘ysunib, raqamli savodxonlik va turizmni rivojlantirish kampaniyalariga hissa qo‘shishga rozi bo‘lgach bekor qilingan edi.

Ekspertlar bunday taqiqlarni kuch bilan amalga oshirish qiyinligini ta’kidladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar cheklovlardan qochish uchun VPN xizmatlaridan foydalanmoqda. Mutaxassislar esa ommaviy taqiqlar o‘rniga kuchliroq nazorat va tartibga soluvchi mexanizmlarni ishlab chiqishni tavsiya qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan firibgarlar Telegram’da virus tarqatib 1 milliard so‘mga yaqin mablag‘ni o‘zlashtirgani haqida yozgandi.

Mazkur jinoyat Telegram messenjeri orqali tarqatilgan APK formatidagi zararli mobil ilova yordamida amalga oshirilgan. Gumonlanuvchilar ushbu ilovani Android foydalanuvchilariga turli yo‘llar bilan yuklatgan, natijada foydalanuvchilarning telefonlaridagi xabarlar, kontaktlar, qo‘ng‘iroq tarixlari va, eng muhimi, bank kartasi ma’lumotlari ularning qo‘liga tushgan.

Shuningdek, Malayziyada Telegram vaqtincha bloklangandi.

Bu qaror Malayziya Aloqa va multimedia komissiyasi (MAMK) tomonidan kiritilgan da’vo asosida qabul qilindi. Regulyator vakillarining ta’kidlashicha, ayrim kanallarda joylashtirilgan kontent mamlakatning aloqa va multimedia to‘g‘risidagi qonunlarini buzgan.

Shuningdek