Centrum Air Samarqanddan Dushanbega muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Air Marakanda va Centrum Air hamkorligida Samarqanddan Dushanbe shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
Yo‘nalishning tantanali ochilish marosimi doirasida ilk reys bilan Dushanbedan kelgan samolyotni kutib olish tadbiri o‘tkazildi. Unda Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda, Samarqand hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov va Tojik madaniy markazi raisi ishtirok etdi.
Endi Samarqand va Dushanbe aviaqatnovlari haftasiga ikki marta – payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqand xalqaro aeroportidan uchib ketish vaqti soat 07:30 ga belgilangan.
Chiptalarni centrum-air.com rasmiy sayti yoki Samarqand xalqaro aeroportining 24 soat faoliyat yurituvchi chiptaxonasidan xarid qilish mumkin.
Avvalroq Centrum Air aviakompaniyasi Airbus A321neo samolyotini xarid qilgani haqida yozgandik.