Chikungunya virusi sabab 5,6 milliard kishi havoti xavf ostida – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti chivinlar orqali yuqadigan Chikungunya virusi bo‘yicha ogohlantirish berdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
2025-yil boshida Hind okeani orollarida boshlangan yangi to‘lqin hozirda Afrika, Osiyo va Yevropaga tarqalmoqda.
Virus yuqori isitma, bo‘g‘im og‘rig‘i va uzoq davom etadigan asoratlar bilan kechadi. Hozirda 119 mamlakatda 5,6 mlrd kishi virus xavfi ostida.
Fransiyada 800 ta import holati, 12 ta mahalliy yuqish holati aniqlangan. Italiyada ham bir holat qayd etilgan. Virusni Aedes chivinlari, jumladan, «yo‘lbars chivini» tarqatadi.
Vaksinasi yo‘q bo‘lgan virusga qarshi asosiy himoya choralari – uzun kiyim kiyish va chivinlarga qarshi vositalardan foydalanishdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi tarqalayotgani haqidagi xabarlar rad etilgan edi.