Yaponiya bosh vaziri iste’foga chiqishini ma’lum qildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Shu yilning avgust oyi oxiriga qadar
                    
                            
Yaponiyaning bosh vaziri Shigeru Isiba yaqinda o‘tkazilgan parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, avgust oxirigacha iste’foga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda yapon OAVga tayanib, Reuters xabar berdi.
Saylov natijasida Isibaning partiyasi yuqori palatadagi ko‘pchilik o‘rnini yo‘qotdi. U hozircha lavozimida qolib, AQSh bilan erishilgan savdo kelishuvini yakunlash va iqtisodiy muammolarga yechim topishga urinmoqda.
Isiba iste’fosi Liberal-demokratik partiya ichida yangi liderlik kurashini boshlab yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Yaponiya bilan yirik savdo kelishuvini e’lon qilgan edi.
