Delta aviakompaniyasi SI yordamida chipta narxlarini belgilamoqchi

Delta Air Lines aviakompaniyasining sun’iy intellekt yordamida chiptalar narxini individual tarzda belgilashni rejalashtirmoqda. Ammo bu reja AQSh senatorlarining tanqidiga sabab bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.
Senatorlarning yozishicha, Delta bu tizimni 2025-yil oxirigacha ichki reyslarining 20 foizida joriy etishni rejalashtirgan. Bu loyihani sun’iy intellekt asosidagi narx belgilovchi Fetcherr kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqchi.
Uch nafar demokrat senator kompaniya rahbari Ed Bastenga bu usul sayohatchilarning shaxsiy ma’lumotlari hisobiga narxni oshirishga olib kelishi mumkinligi haqida maktub yubordi.
Delta esa SI faqat talab va bozor sharoitlariga qarab narxlarni optimallashtirish uchun sinovdan o‘tkazilayotganini, barcha mijozlarga bir xil tariflar taklif qilinishini bildirdi. Shunga qaramay, senatorlar ushbu texnologiyaning oshkoraligi va iste’molchilar huquqlariga ta’siri borasida jiddiy xavotir bildirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar Airways samolyotlarida Starlink interneti ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.