Zeekr 9X gibrid yo‘ltanlamasi avgustda oldindan buyurtmaga chiqadi

Zeekr brendi o‘zining Zeekr 9X modelini avgust oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan Chengdu avtosalonida oldindan buyurtmaga taqdim etadi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Zeekr 9X narxi hali rasman belgilanmagan. Kompaniyaga ko‘ra, bu model katta o‘lchamdagi avtomobillar uchun ishlab chiqilgan strategiyasi asosida ishlab chiqilgan. Hozircha Zeekr 9X uchun to‘liq elektr versiyasi ishlab chiqish rejalashtirilmagan.

Yangi 9X modeli SEA-S (Haohan-S) platformasida qurilgan. U 2,0 litrli turbo benzinli dvigatel va uchta elektr motor bilan jihozlangan. Umumiy quvvati – 1 381 ot kuchi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 3,1 soniyada chiqadi. Maksimal tezligi 240 km/soatni tashkil etadi. Kompaniyaga ko‘ra, tezlanish batareya darajasiga deyarli bog‘liq emas.
Avtomobil 70 kVt·soat sig‘imli CATL Freevoy batareyaga ega. U 900V kuchlanishli tizimda atigi 9 daqiqada 20% dan 80% gacha quvvatlanadi. Elektrda yurish masofasi – 380 km, umumiy yurish masofasi esa 1 000 km dan oshadi.
2.0T dvigatelning issiqlik samaradorligi 46 foizdan yuqori. Yonilg‘i sarfi esa odatiy 1.5T gibrid dvigatellarga qaraganda 5 – 10 foiz kam.
Eslatib o‘tamiz Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr mijozlarni chuv tushirgani haqida yozgan edi.