Zeekr zirhli elektromobilini taqdim etdi

26-iyul 2025 14:15 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Zeekr
Zeekr o‘z tarixida ilk marta zirhli elektromobilini taqdim etdi / Foto: Carcoops

Xitoyning Zeekr brendi zirhli Zeekr 001 elektromobilini ishlab chiqardi. Tezlik va dizayni bilan mashhur Zeekr endi xavfsizlikni ham ustuvor qilmoqda. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Bu hafta taqdim etilgan Zeekr 001 modelining zirhli versiyasi tashqi ko‘rinishidan oddiy mashinaga o‘xshasa-da, u to‘liq himoyalangan korpusga ega.

Foto: Carcoops

Modelning barcha tashqi panellari maxsus zirhli materiallardan tayyorlangan. Mashinada qalin o‘q o‘tmas oynalar o‘rnatilgan. Hatto panoramali shisha tom ham mustahkamlangan. Bu o‘zgarishlar Braziliya bozoridagi talabga javoban qilinmoqda. U yerda jinoyatchilik va o‘g‘riliklar ortgani sababli o‘q o‘tmas fuqarolik avtomobillariga talab kuchaygan.

Yangi Zeekr 001 800 voltli elektr arxitekturaga ega bo‘lib, ikki xil batareyaga ega. U 95 kVt·soat sig‘imli LFP va 100 kVt·soatli yuqori zichlikdagi NMC. Asosiy versiya orqa g‘ildiraklar harakati uchun 416 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. To‘liq yuruvchan versiyada esa old o‘q uchun 362 ot kuchiga ega qo‘shimcha motor ham mavjud.

Foto: Zeekr

Model qatoridagi eng kuchli variant – Zeekr 001 FR. Uning umumiy quvvati 1248 ot kuchiga teng. Bu mashina 1280 Nm aylanish momenti bilan jihozlangan. U 100 km/soat tezlikka atigi 2,07 soniyada erishadi.

Yangi zirhli Zeekr xavfsizlikni xohlovchi, ammo dizayndan voz kechishni istamaydigan mijozlar uchun zamonaviy yechim sifatida baholanmoqda.

Avvalroq Zeekr 9X gibrid yo‘ltanlamasi avgustda oldindan buyurtmaga chiqishi haqida yozgan edik.

Shuningdek