Samarqand shahrining yoshi 3000 yil deb qayta baholanadi

eʼlon qilindi
Tegishli qaror qabul qilingan
Samarqand
Samarqand shahrining yoshi 3000 yil deb qayta baholanadi / Foto: RBK

Samarqand viloyati hokimligi matbuot kotibi Mirzo Ixtiyorovning Kursiv Uzbekistan nashriga qayd etishicha, shaharning yoshi 3000 yil deb baholandi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi navbatdagi sessiyasida tegishli qaror ham qabul qilgan.

Bu xulosa Afrosiyob, Ko‘ktepa va Ko‘ksaroy hududlarida olib borilgan qazishmalar asosida berilgan. Qadimiy Amir Temur qal’asi joylashgan hududda ham tadqiqotlar o‘tkazilgan.

Samarqand arxeologiya instituti rahbari Mo‘minxon Saidovning aytishicha, shahar tarixi yuzasidan izlanishlar 150 yildan ortiq davom etmoqda. Dastlab yoshi 1500 yil deb hisoblangan Samarqand keyinchalik 2000, so‘ng 2500 yil deb baholangan. 2000-yillar boshida O‘zbekiston – Fransiya ekspeditsiyasi bu raqamni 2750 yilga yetkazgandi.

Avvalroq Centrum Air Samarqanddan Dushanbega muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edik.

Shuningdek