Qirg‘iziston o‘zbek bodringining eng yirik xaridoriga aylandi
eʼlon qilindi

O‘zbekiston 2025-yilning dastlabki olti oyida Qirg‘izistonga 2,9 ming tonna bodring eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Umumiy hisobda yanvar – iyun oylarida O‘zbekiston xorijga 5,6 ming tonna bodring yetkazib berdi. Ushbu eksport hajmi $4,1 mlnga teng bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 714,5 tonnaga yoki 14,5 foizga oshgan.
Shuningdek, Rossiyaga 2 154 tonna, Qozog‘istonga 586 tonna, BAAga 23 tonna, boshqa davlatlarga esa 12 tonna bodring jo‘natilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Inflyatsiya pasaydi, lekin metan, yog‘ va go‘sht narxlari keskin oshgani haqida yozgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar