Janubiy Koreyada yashayotgan oʻzbekistonliklar soni 98 mingdan oshdi

eʼlon qilindi
Oʻzbekistonliklar mamlakatdagi eng yirik beshinchi diaspora bo‘lib turibdi
Janubiy Koreyada yashayotgan oʻzbekistonliklar soni 98 mingdan oshdi. Foto: Depositphotos.com / sepavone

2025-yil iyun oyi yakuniga koʻra, Janubiy Koreyada 98,4 mingdan ortiq oʻzbekistonlik yashamoqda. Bu koʻrsatkich bilan oʻzbekistonliklar mamlakatdagi eng yirik beshinchi diaspora boʻlib turibdi, deb xabar bermoqda The Korea Times.

Janubiy Koreyada eng koʻp sonli xorijiy fuqarolar Xitoydan – ularning soni 972,1 ming kishiga yetgan. Keyingi oʻrinlarda Vyetnam (341,1 ming), AQSh (196,6 ming) va Tailand (173,7 ming) fuqarolari qayd etilgan.

Nashr ma’lumotlariga koʻra, xorijliklarning asosiy qismi Seul va poytaxt atrofidagi hududlarda hamda Koreyaning janubiy viloyatlarida istiqomat qilmoqda. Mamlakatdagi xorijiy fuqarolarning 20 foizi etnik koreyslarga moʻljallangan F-4 vizasi orqali, yana 12 foizi esa Ye-9 mehnat vizasi asosida yashamoqda.

Jami xorijliklar soni esa 2,7 million kishini tashkil etgan boʻlib, ularning har uch nafardan biri Xitoy fuqarolaridir.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhga koreyalik diplomat rahbarlik qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek