Xakerlar hujumi «Aeroflot» aviakompaniyasi reyslarini izdan chiqardi

Rossiyaning Aeroflot» aviakompaniyasida yuz bergan axborot tizimi nosozligi sababli 50 ga yaqin reys bekor qilindi. Bu haqda RBK nashri ma’lum qildi.
Mazkur hujum uchun Silent Crow va «Kiberpartizanlar» xakerlar guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Xakerlarning aytishicha, ular bir yil davomida kompaniya tarmog‘iga kirib, 20 TB ma’lumotni o‘g‘irlab, 7 ming serverni ishdan chiqargan.
Mutaxassislar bu kabi bayonotlarga ehtiyotkor yondashish lozimligini, biroq uzoq muddatli tizimiy hujum ehtimolini istisno qilib bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda.
«Aeroflot» nosozlik sababini ochiqlamagan, ammo Moskva, Minsk, Yerevan, Ostona kabi yo‘nalishlardagi parvozlar to‘xtatildi. Holat bo‘yicha Moskva transport prokuraturasi nazorat o‘rnatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qantas aviakompaniyasi bazasidan olti million mijozning ma’lumoti o‘g‘irlangan edi.