
Toshkentda har yili o‘tkaziladigan Mirabror Usmonov xotira turnirining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Bu yilgi musobaqada O‘zbekiston, Yaponiya va Saudiya Arabistonining U-23 terma jamoalari ishtirok etdi.
28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 jamoasi Yaponiya bilan to‘qnash keldi. Bellashuvda yaponiyalik futbolchilar ustunlikka erishib, mezbonlarni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur natija evaziga turnirdagi ikki o‘yinda g‘alaba qozongan Yaponiya jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. 3 ochko to‘plagan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi esa ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etgani haqida yozgandi.