Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Qurolli Kuchlar akademiyasi negizida
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi / Foto: Presidentuz

Shavkat Mirziyoyev harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 20 dan ortiq davlatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganilib, O‘zbekistonda harbiy ta’limni isloh qilish bo‘yicha yangi milliy model ishlab chiqildi.

Shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasi negizida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Mudofaa vazirligiga qarashli barcha ta’lim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda uchuvchisiz uchish apparatlari bo‘yicha markaz – mazkur universitet tarkibiga birlashtiriladi.

Yangiliklardan yana biri — tor ixtisosliklar bo‘yicha «2+2» modeli joriy etiladi. Psixolog, aloqachi, omborchi kabi 18 yo‘nalishdagi mutaxassislar boshqa universitetlarning 2-bosqich talabalaridan saralab olinadi.

Bundan tashqari, «Oliy bosh qo‘mondon» davlat stipendiyasi joriy qilinadi. Bu stipendiyani qo‘lga kiritgan kursantlar bakalavriatni tugatgach, harbiy magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi. Oliy harbiy ta’lim bitiruvchilari esa ikki diplom – harbiy va fuqarolik mutaxassisligi bo‘yicha hujjatga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya dronchilari mashg‘ulotlarda texnikaga zarba berishni mashq qilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek