O‘zbekiston va Vengriya qishloqlarni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
eʼlon qilindi
Bu borada tajriba almashiladi

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya davlat boshqaruvi va hududlarni rivojlantirish vaziri Tibor Navrachich bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Uchrashuvda davlat boshqaruvi, raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash va hududlararo hamkorlik sohalarida sheriklikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Vengriya tomoni tajriba almashish va qishloq hududlarini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Vengriya ichki ishlar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi.