O‘zbekiston va ICARDA o‘simlik genetikasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazi (ICARDA) o‘simlik genetikasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha ikkinchi sammiti (UNFSS+4) doirasida ICARDA vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ICARDA vakillari O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligini muvofiqlashtirish markazi bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Bu orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy strategiyasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
ICARDA o‘simliklar genetikasi bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or markazlardan biri hisoblanadi va bu yo‘nalishda kuchli ilmiy salohiyatga ega. Tomonlar aynan shu yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi.
Bundan tashqari, o‘zbek mutaxassislarini o‘qitish va tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ibrohim Abdurahmonov ICARDA’ni innovatsion va insonparvar yondashuvlarga asoslangan HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) tashabbusi doirasida ham hamkorlik qilishga chaqirdi.
Bundan oldin endi paxta yetishtirish uchun olingan kreditlar qisman subsidiya bilan qoplanishi haqida yozgandik.