Chery sentabrda yangi oilaviy krossoverini taqdim qiladi

30-iyul 2025 10:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Exeed Exlantix E05
Exeed Exlantix E05 avtomobili qanday imkoniyatlarga ega / Foto: CarNewsChina

Chery kompaniyasiga qarashli Exeed brendi yangi Exeed Exlantix E05 modelining rasmiy suratlarini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

O‘rta o‘lchamdagi bu avtomobil oila uchun mo‘ljallangan. Global taqdimot sentabr oyida Myunxendagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi.

Avtomobil yopiq old panjaraga, bosqichli faralarga va xromli bamperga ega. Tom qismida lidar, umumiy 12 ta radar o‘rnatilgan. Ular Horizon Robotics ishlab chiqqan HSD (Horizon Super Drive) haydovchiga yordam tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Tizim Journey 6P protsessorida ishlaydi.

Foto: CarNewsChina

HSD tizimi uch xil versiyada taklif etiladi:

  • HSD 300 – oddiy shahar NOA (avtonom yurish);
  • HSD 600 – yanada kuchaytirilgan variant;
  • HSD 1200 – shahar va trassalarda ishlovchi to‘liq NOA.

Ushbu tizim Chery’ning Falcon avtopilot tizimiga ham integratsiyalanadi.

Foto: CarNewsChina

Mashinaning yon profili B-ustundan boshlab pastga egiladi. Orqa chiroqlar uzluksiz chiziqli, orqa spoyler va yuqoriga o‘rnatilgan tormoz chirog‘i mavjud. Eski turdagi eshik tutqichlari saqlangan. 18, 19 va 20 dyuymli disklar, yuqori aniqlikdagi kameralar va panoramali tom ham mavjud.

Exlantix E05 Chery’ning E0X platformasida yaratilgan. Uzunligi 4780 mm, kengligi 1890 mm, balandligi 1725 mm, g‘ildirak bazasi esa 2800 mm. Og‘irligi 2065 kgni tashkil etadi.

Mashina 1,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. U 115 kVt (154 ot kuchi) quvvatga ega va generatorda ishlaydi. 32,659 kVt/soatli LFP batareya bilan 165 km elektr yurish masofasini ta’minlaydi. Elektromotor haqida batafsil ma’lumot hali e’lon qilinmagan. Ichki dizayn ham rasman tanishtirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonda yig‘ilgan Chery Tiggo 9 YOII hududida sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek