Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk raqami ko‘rsatkichi tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Namunaviy ko‘rsatkichlar uch toifaga ajratildi
Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk raqami ko‘rsatkichi tartibi belgilandi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

«Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichi o‘rnatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Nizomda ko‘rsatkichlarning shakli, o‘lchami, ishlab chiqarish va o‘rnatish tartibi belgilab berilgan. Unga ko‘ra, namunaviy ko‘rsatkichlar uch toifaga ajratiladi:

ToifaMaterialQo‘shimcha xususiyatQayerda o‘rnatiladi
1-toifaPolietilentereftalat, poliETG, polistirol yoki polikarbonatYoritish moslamasiga egaShahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda
2-toifaKompozit alyuminiyNur qaytaruvchi qoplamaga egaTuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda
3-toifaKompozit alyuminiyOddiy (yoritishsiz va nur qaytarmasiz)Mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda

Qarorga muvofiq, ko‘rsatkichlarda ko‘cha nomi qisqartirilmasligi qat’iyan belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi uchun 6,9 milliard so‘m ajratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek