Chorvoq yaqinida yana yong‘in yuzaga keldi – video

eʼlon qilindi
Xabarlarga ko‘ra, yong‘in qurigan o‘t-o‘lanlardan kelib chiqqan
Chorvoq yaqinida yana yong‘in yuzaga kelgani aytilmoqda. Ekran tasviri videodan olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq yaqinidagi hududda yong‘in yuzaga kelganiga doir videolar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, yong‘in qurigan o‘t-o‘lanlardan kelib chiqqan.

Video ijtimoiy tarmoqdan olindi

Tarmoq foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, yong‘in borgan sari kuchaymoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozirda voqea joyida Toshkent viloyati yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hamda O‘rmon xo‘jaligi xodimlari yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.

Bundan avval ham Chorvoqqa yaqin hudud, Bo‘stonliq tumani «Xo‘jakent» MFY tog‘li hududidagi 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabba sabab yong‘in chiqqandi.

Yong‘in o‘chirilgan kunning ertasiga hududda yana chiqqan tutunlar qolgan shox-shabbalardan chiqqani aytilgandi.

Shuningdek