AQSh Falastin rasmiylariga vizaviy sanksiyalar qo‘lladi

eʼlon qilindi
Falastin tomoni ushbu qarorga hozircha javob bermadi
AQSh Falastin rasmiylariga vizaviy sanksiyalar qo‘lladi / Foto: Axios

AQSh Falastin ma’muriyati va Falastin ozodlik tashkilotining ayrim rasmiylariga qarshi vizaviy sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Davlat departamentining bildirishicha, ushbu shaxslar Isroil bilan tinchlik muzokaralariga to‘sqinlik qilgani hamda terrorchilikni qo‘llab-quvvatlagani sababli AQShga kirish huquqidan mahrum etiladi.

Bunda Falastin tomonining xalqaro maydonda, jumladan, Xalqaro jinoiy sud orqali, Isroilga bosim o‘tkazishga urinishlari alohida tilga olindi.

Ayni vaqtda Kanada, Fransiya va Britaniya Falastin davlatini tan olish bo‘yicha harakat boshlagan. Sentabr oyida bo‘ladigan BMT yig‘ilishida bu masala kun tartibiga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kanada Falastinni tan olsa, AQSh bilan savdo bitimi bo‘lmasligi haqida ta’kidlagan edi.

Shuningdek