BYD Yangwang U8L sotuvga chiqdi

1-avgust 2025 13:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Yangwang U8L
Foto: CarNewsChina / Manba: Yangwang

BYD kompaniyasi yangi BYD Yangwang U8L modelini Xitoyda oldindan sotuvga chiqardi. Narx 1,3 mln yuan yoki taxminan $181 ming deb belgilangan. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Model Rolls-Royce Cullinan’ga raqobatchi sifatida taqdim etilmoqda. U8L 5,4 metrli korpusga ega. Ichki qismida 6 ta o‘rindiq mavjud. Joylashuvi 2+2+2 ko‘rinishida. Avtomobil 4 ta elektromotor bilan jihozlangan. Ularning umumiy quvvati 1 180 ot kuchini tashkil qiladi.

Foto: CarNewsChina

Yangwang brendi 2023-yil yanvar oyida ishga tushirilgan. U8 modeli uning birinchi avtomobili bo‘lib, U8L esa shu mashinaning uzaytirilgan versiyasi hisoblanadi. 2025-yilning 6 oyida Xitoyda atigi 1 003 dona Yangwang sotilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 5,5 barobar kam.

U8L orqa qismida o‘zgarishlarga ega. Eski modelda ochiladigan eshik o‘rniga, endi ikkiga ajraladigan yuk eshigi mavjud. Bu Range Rover va Rolls-Royce Cullinan uslubini eslatadi.

Foto: CarNewsChina

Mashinaning old tomonida esa 24 karatli oltin bilan qoplangan nishon joylashgan. Bu dizaynga alohida hashamat bag‘ishlaydi. U8L qora va oltin ranglarda sotuvga chiqariladi.

Mashina 23 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Uning o‘lchamlari 5 400 × 2 049 × 1 921 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 3 250 mmni tashkil etadi. Bu uni Cadillac Escalade kabi yirik modellar qatoriga qo‘shadi.

Foto: CarNewsChina

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Leopard Titanium 7 gibrid yo‘ltanlamasi taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek