Iyul oyida O‘zbekistonda deflyatsiya 0,2 foizni tashkil qildi

eʼlon qilindi
Yillik inflyatsiya 8,9 foizni tashkil etdi
inflyatsiya
Foto: eamesBot / depositphotos.com

Iyul oyida uchun O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 8,9 foizni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga 10,5 foizga pasaygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining iste’mol narxlari indeksi (INI) bo‘yicha hisoboti e’lon qilindi.

Narxlar pasaydi, lekin xizmatlar bozori o‘sishda davom etmoqda

Iyul oyida umumiy INI ko‘rsatkichi 0,2 foizga kamaygan bo‘lsa-da, bu pasayishning asosiy sababi mavsumiy omillarga borib taqaladi. Ayniqsa, sabzavot, meva va don mahsulotlarining narxlari arzonlashgani hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha indeks 99 foizga tushdi. Mavsumiy ta’sir evaziga «Meva va yong‘oqlar» guruhi narxi 9,1%, «Sabzavotlar» esa 4,8% ga kamaygan.

Ammo xizmatlar segmenti bu fonda mutlaqo boshqa yo‘nalishda harakatlanmoqda. Iyulda xizmatlar bo‘yicha INI 100,9 foizni tashkil etib, o‘sish dinamikasini saqlab qoldi. Yil boshidan buyon bu sohadagi narxlar 11,7 foizga, yillik hisobda esa 16,3 foizga oshdi.

Bu yuqori ko‘rsatkich asosan kommunal xizmatlar tariflarining bosqichma-bosqich liberallashuvi bilan izohlanadi. Jumladan, sovuq suv, kanalizatsiya, chiqindi tashish, ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish tariflari bir qancha viloyatlarda yangilandi.

Hududlar kesimida inflyatsiya darajasi

Yillik inflyatsiya darajasida hududlar kesimida ham sezilarli farqlar mavjud. Masalan:

  • Eng yuqori yillik inflyatsiya: Farg‘ona (9,9%), Sirdaryo (9,5%), Surxondaryoda (9,1%).
  • Eng past inflyatsiya darajasi: Jizzax (8,2%), Buxoro (8,4%), Andijonda (8,5%).

Tovarlar va xizmatlar guruhidagi tendensiyalar

Iyul oyida tovarlar guruhida narxlar pasaygani kuzatildi. Oziq-ovqat mahsulotlari yillik INI bo‘yicha 6,5% o‘sdi, bu o‘tgan yilgi 2,9 foizga nisbatan yuqori ko‘rsatkichdir. Nooziq-ovqat mahsulotlari 7,1 foizga qimmatlashgan. Shuningdek:

  • Transport xizmatlari yillik kesimda 15,5 foizga oshgan;
  • Raqamli xizmatlar (Aloqa va axborot) narxlari 8,1 foizga o‘sgan;
  • Ta’lim xizmatlari narxi 13,9 foizga qimmatlashgan.

Inflyatsiyaga eng ko‘p ta’sir qilgan omillar

O‘tgan oyda umumiy inflyatsiya ko‘rsatkichiga eng katta pasaytiruvchi ta’sir «Oziq-ovqat va ichimliklar» segmentiga to‘g‘ri kelib, bu ko‘rsatkich -0,48 foiz bandni tashkil etdi. Aksincha, «Turar joy, gaz, elektr, suv» (+0,17 foiz bandni) va «Transport» (+0,05 foiz bandni) xizmatlari umumiy INI ko‘rsatkichini oshirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank shu yilning iyun oyi holatiga ko‘ra respublikadagi inflyatsiya ko‘rsatkichlarini e’lon qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek