AirAsia noyabrdan Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
eʼlon qilindi
14-noyabrdan

Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasi shu yilning 14-noyabridan boshlab Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda kompaniya Toshkentda o‘tkazgan taqdimotida ma’lum qildi.

AirAsia Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik aviatashuvchilardan biri bo‘lib, 136 ta xalqaro yo‘nalish va 258 ta marshrutni o‘z ichiga olgan keng tarmoq, qulay narxlar va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish bilan tanilgan.
Yangi yo‘nalishning ochilishi O‘zbekistonga Malayziya, Indoneziya, Singapur kabi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan sayyohlar oqimini ko‘paytirishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri aprel oyida Uzbekistan Airports aviakonmpaniya bilan muzokaralar olib borgani haqida yozgandi.