GTA Online rejimiga yoshni tasdiqlash tizimi joriy qilinmoqda

eʼlon qilindi
Rockstar yaqin kunlarda real yoshni tasdiqlash choralarini ko‘radi
GTA Online
GTA Online rejimiga yoshni tasdiqlash tizimi joriy qilinmoqda / Foto: ITHome

Rockstar kompaniyasi GTA 6 o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rar ekan, GTA Online rejimida yangi yoshni tekshirish tizimini ishga tushirmoqchi. Bu haqda ITHome ma’lum qildi.

Tez2 Vinewood Motors sahifasining Vanilla Unicorn Club’ga kirish uchun yosh tekshirilmasligi haqidagi hazil postini repost qilib, Rockstar yaqin kunlarda real yoshni tasdiqlash choralarini ko‘rishini aytdi.

Foto: ITHome

ITHome nashriga ko‘ra, yangi tizim mintaqalar kesimida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu o‘zgarish ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi o‘yinchilar o‘yinning to‘liq kontentidan foydalana olmasligi mumkin, boshqalari esa shaxsini tasdiqlovchi jarayonlarga majbur bo‘ladi.

Yoshni tekshirish tizimi Rockstar uchun xavfsizlikni oshirsa-da, foydalanuvchi bazasining qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan EA Sports FC 26 26-sentabrda sotuvga chiqishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek