Xiaomi $65 narxdagi yangi Redmi A27 2026 monitorini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Monitor 144 Hz yangilanish chastotasiga ega
Redmi A27 2026
Xiaomi $65 narxdagi yangi Redmi A27 2026 monitorini taqdim etdi / Foto: Redmi

Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi orqali ishlab chiqilgan yangi Redmi A27 2026 monitori rasman taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Bu 27 dyuymli IPS panelga ega bo‘lgan dizayndagi budjet monitor bo‘lib, u hozirdanoq atigi $65 evaziga oldindan buyurtma qilish uchun ochiq.

Monitor 1920×1080 piksel o‘lchamli Full HD tasvir aniqligini taqdim etadi va 144 Hz yangilanish chastotasiga ega. Ko‘rish burchagi esa 178° ni tashkil qiladi, bu esa har qanday yo‘nalishdan yaxshi ko‘rish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchi ta’kidlashicha, har bir monitor zavod darajasida aniq kalibrlanadi. Ekran sRGB rangning 99 foizini qamrab oladi va 16,7 mln rang soyasini aks ettira oladi. Monitorning yorqinligi 300 nit, kontrast darajasi esa 1500:1 ni tashkil etadi.

Shuningdek, qurilma 6 ms javob vaqtiga ega bo‘lib, 8-bitli rang chuqurligini qo‘llab-quvvatlaydi. Yuzasining tor ramkali dizayni esa uni ko‘p monitorli konfiguratsiyalar uchun ayni muddao qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Redmi Note 14 SE 5G taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek