Buxoro «Yuraklar dardi retseptlari» biennalesiga mezbonlik qiladi

eʼlon qilindi
Tadbirga kirish mutlaqo bepul
Buxoro «Yuraklar dardi retseptlari» biennalesiga mezbonlik qiladi / Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

2025-yil 5-sentabrdan 20-noyabrgacha Buxoroda «Yuraklar dardi retseptlari» nomli biennale bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasida ma’lum qilindi.

Tadbirga kirish bepul. Qo‘shimcha ma’lumotlar maxsus veb-sayt orqali taqdim etiladi.

Mazkur biennale jamg‘arma raisi Gayane Umerova buyurtmasiga binoan tashkil etilgan ilk loyihadir. Biennalening kuratori – san’atiy direktor Diana Kempbell. Unda O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan 70 ta san’at loyihasi namoyish etiladi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Tadbirlar Buxoroning diqqatga sazovor maskanlarida – Xo‘ja Gavkushon majmuasi, Ayyozjon karvonsaroyi, Ulug‘bek Tamokifurush va boshqa tarixiy joylarda bo‘lib o‘tadi.

«Har bir tanlangan maskan Buxoroning me’moriy merosini aks ettiradi va asrlar davomida rivojlangan hunarmandchilik an’analariga asoslanib, bugungi hayotga uyg‘unlashgan yangi san’at shakllarini yaratadi», – deyiladi jamg‘arma izohida.

Har dam olish kunlari esa «Oshqozon» kafesida o‘zbekistonlik va xorijlik oshpazlar yig‘ilib, birgalikda menyu tayyorlashadi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Oyjon Xayrullayeva keramika ustasi Abdurauf Taksirov bilan hamkorlikda inson a’zolari shaklida mozaikalar yaratadi. Ushbu mozaikalar biennale hududining turli nuqtalariga joylashtiriladi. Oshqozon shaklidagi mozaika esa «Oshqozon» kafesi kirish qismiga o‘rnatiladi.

Gavkushon madrasasida «Yumshoqlik uyi» tashkil etiladi. Unda simpoziumlar, ustaxonalar va jonli performanslar bo‘lib o‘tadi.

Hindistonlik rassom Shaquntala Kulkarni tananing tovush bilan bog‘liqligini aks ettiruvchi installyatsiya yaratadi. U bu ishda Buxoro filarmoniyasi bilan birga ishlaydi – qo‘shiqchilar, raqqoslar va musiqachilar ishtirok etadi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Qatarlik rejissyor Majid al-Ramayhi esa buxorolik qo‘g‘irchoqbozlar bilan birga xalq og‘zaki ijodining mashhur qahramoni – eshak va aqlini yo‘qotgan Nasriddinga zamonaviy talqinda jon baxsh etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston «CAFA Nations Cup 2025» final bosqichiga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek