Dunyoning eng kuchli smartfonlari reytingi e’lon qilindi

3-avgust 2025 09:01 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Dunyoning eng kuchli smartfonlari
Dunyoning eng kuchli smartfonlari reytingi e’lon qilindi / Foto: Red Magic

AnTuTu iyul oyi uchun dunyoning eng kuchli smartfonlari reytingini e’lon qildi. 2025-yil iyul holatiga ko‘ra, eng yuqori unumdorlikka ega smartfonlar ro‘yxatida Red Magic 10S Pro+ yetakchilik qilmoqda: qurilma o‘rtacha 2,94 million ball to‘plagan.

Reytingdagi kuchli uchlik:

  1. Red Magic 10S Pro+ – 2,94 mln ball
  2. vivo X200 Ultra – 2,89 mln ball
  3. iQOO Neo10 Pro+ – 2,88 mln ball
Foto: AnTuTu

Top-10 ichida Samsung yoki Xiaomi’ning birorta flagman modeli yo‘q. Faqatgina Redmi K80 Ultra 8-o‘rindan o‘rin olgan. Dimensity 9400+ chipi asosida ishlovchi ikkinchi model esa vivo X200s bo‘ldi.

AnTuTu ma’lumotlariga ko‘ra, Top-10 reytingdagi 8 ta model Snapdragon 8 Elite chipida qurilgan. Bu esa Qualcomm’ning yuqori unumdorlikda hali ham ustunligini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, sublflagman (o‘rta-yuqori sinf) toifadagi smartfonlar orasida MediaTek chiplariga ega modellar ustunlik qilgan, bu segmentda u Qualcomm’ni ortda qoldirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung’ning eng yaxshi smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek