
Land Rover kompaniyasi Range Rover Sport avtomobilining Blue Flame deb nomlangan yangi maxsus versiyasini namoyish etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Bu model atigi 50 dona ishlab chiqariladi. Har birining narxi qariyb $143 ming. Sotuvlar Xitoy bozorida boshlandi.

Mashina kuzovi Speed Blue asosidagi maxsus ko‘k rangda bo‘yalgan. Rang tarkibiga tabiiy slyuda poyondalari qo‘shilgan. Dizayn ustida Land Rover’ning SVO bo‘limi ishlagan. U eksklyuziv ishlovlar bilan shug‘ullanadi.
Blue Flame versiyasi qora elementlar to‘plami va 23 dyuymli qora disklar bilan jihozlangan.
Texnik xususiyatlar aniqlanmagan. Asosiy versiyada 3,0 litrli benzinli motor (400 ot kuchi) yoki 550 ot kuchiga ega gibrid tizim mavjud. Gibrid versiyasi elektrda 112 km masofani bosib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota subbrendi Daihatsu 10 dona noyob krossover chiqargani haqida yozgan edi.