O‘zbekiston AQShdan paxta importi masalalarini muhokama qildi

eʼlon qilindi
AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi va AQSh Paxta Assotsiatsiyasi bilan bo‘lgan muzokaralarda
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Shu yilning 23–29-iyul kunlari O‘zbekistonning 25 ta mahalliy to‘qimachilik korxonasi AQShda Made in Uzbekistan brendi ostida mahsulotlar taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) xabar berdi.

Delegatsiya Nyu-York shahrida o‘tkazilgan Texworld NYC, Apparel Sourcing USA va Home Textiles Sourcing Expo xalqaro ko‘rgazmalarida ishtirok etdi. Unda Bunzl plc, Levi Strauss & Co., PVH Corp., American Eagle, Macy’s, AAFA, USFIA kabi dunyo brendlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini AQSh bozoriga olib chiqish, sourcing mexanizmlari orqali buyurtmalar olish va logistika jarayonlarini soddalashtirish masalalari ko‘tarildi.

Shuningdek, Amazon, Walmart, Whole Foods, Bloomingdale’s, The Home Depot kabi yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek mahsulotlarini joylashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Shu bilan birga, AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi va AQSh Paxta Assotsiatsiyasi bilan bo‘lgan muzokaralarda GSM-102 dasturi doirasida O‘zbekistonga Amerika paxtasini yetkazib berish, kredit limitini oshirish va Made from U.S. Cotton tashabbusini ishga tushirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi paxta yetishtirish uchun olingan kreditlar qisman subsidiya bilan qoplanishi haqida yozgandi.

Shuningdek