Chevrolet Monza boshqa nom bilan sotuvga chiqdi

4-avgust 2025 16:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Monza
Chevrolet Monza boshqa nom bilan sotuvga chiqdi / Foto: GMAutority

Chevrolet kompaniyasi Cavalier modelini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Endi uning o‘rnini yangi Chevrolet Cruze egallaydi. Bu model avval Chevrolet Monza sifatida tanilgan edi.

Yangi Cruze birinchi bo‘lib Yaqin Sharq bozorida namoyish etildi. U aslida Monza avtomobilining nomi o‘zgartirilgan versiyasi. Model arzon sedanga aylantirilgan. U dastlab 8 ta arab davlatida sotuvga chiqadi: Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Ummon, Iordaniya, Livan, Iroq va Bahrayn.

Chevrolet Cruze qanday xususiyatlarga ega / Foto: GMAutority

Bu avtomobil Xitoyda ishlab chiqariladi. 2026-yilgi Cruze yangi dizayn, zamonaviy salon va katta ikki ekranli panelga ega bo‘ladi. Yangi rul va qulaylik uchun qo‘shimcha funksiyalar ham bor.

Yaqin Sharq uchun Cruze 1,5 litrli atmosferali motor bilan taqdim etiladi. U 113 ot kuchi ishlab chiqaradi. Avval Meksikada sotilgan Cavalier esa kuchliroq – 1,3 litrli turbomotor bilan 161 ot kuchiga ega edi.

Foto: GMAutority

Kelajakda quvvatli motorli Cruze versiyasi ham chiqarilishi mumkin. Chevrolet Cruze nomi xalqaro miqyosda mashhur, shu bois bu model boshqa mintaqalarda ham yana paydo bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Noyob Chevrolet Corvette avtomobili Custom Monterey auksionida sotilishi haqida yozgan edi.

O‘sha yili Corvette’ning umumiy ishlab chiqarish soni 9 670 donani tashkil etgan. Bu 2020-yilgacha 10 000 donadan kam ishlab chiqarilgan so‘nggi yil bo‘lgan. Avtomobilning boshlang‘ich narxi $3 875 bo‘lib, 230 ot kuchiga ega 283 kub dyuymli dvigatel, uch pog‘onali mexanik transmissiya va vinil yumshoq tomni o‘z ichiga olgan.

Shuningdek